17 Aprel 2023 yil 337

Quva tumanida marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi

Quva tumani. 06-aprel kuni tuman IIB TQX JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Oltinariq mahalla hududida yashovchi T.A.ning yashash xonadoni holislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, yashash xonadonida marixuana giyohvandlik moddasini saqlab kelinayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech