30 Yanvar 2023 yil 378

Quva tumanida klinikadan telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Quva tumani. U.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 28-dekabr kuni noma’lum shaxs tuman markazida joylashgan klinikaning taxlil xonasiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, u yerda boʻlgan narxi 2.000.000 soʻmlik “Red mi Note 9” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni N.O sodir etganligi aniqlanib,tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech