Quva tumanida “Huawei Y6” uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga olindi
Quva tumani. 07-sentabr kuni fuqaro Oʻ.E IIBga murojaat qilib, unda 01-sentabr kuni noma’lum shaxs Gʻalaba MFY hududida joylashgan dorixonaning rastasi ustida qarovsiz qoldirgan oʻziga tegishli boʻlgan 2.800.000 soʻmlik “Ҳуаwэи Й6” uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.J. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati