Quva tumanida haydovchining telefon apparatini aldov yo'li bilan qo'lga kiritgan yo'lovchi aniqlandi
Quva tumani. M.M IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 28 dekabr kuni nomaʻlum shaxs taksi faoliyati bilan shug'ullanib yurgan vaqtida nomaʻlum shaxs uning avtomashinasiga yo'lovchi sifatida o'tirib, Taxtako'prik mahalla hududida joylashgan tuman “Tug'ruq uyi” oldiga tashlab qo'yishini aytib, yuqoridagi manzilga etib kelgan vaqtida narxi 1.500.000 so'mlik “Samsung” rusumli telefon apparatidan qo'ng'iroq qilib olishini aytib, uni eʻtiborsizligidan foydalanib, telefon apparatini firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritib, hodisa joyidan yashiringnaligini maʻlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.O sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.
Yuqorida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati