24 Aprel 2023 yil 390

Quva tumanida giyohvandlik moddasini saqlashda gumonlangan shaxs qoʻlga tushdi

Quva tumani. 2023-yilning 10-aprel kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Rasta mahalla hududida yashovchi P.R.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadonda “marixuana” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech