27 Yanvar 2023 yil 370

Quva tumanida giyohfurush qoʻlga olindi

Quva tumani.23-yanvar kuni tuman IIB Terorizm va Ekstrimizmga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Gulobod mahalla hududida yashovchi N.M oʻzining yashash xonadonida 1.150.000 soʻm evaziga oq rangli tselofan paketga oʻralgan holatdagi gashish giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida xolislar ishtirokida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech