Quva tumanida giyohvandlik oʻsimliklarni yetishtirayotgan shaxs aniqlandi
Quva tumanida 2023-yil 24-aprel kuni tuman IIB TQX JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Akbarobod mahalla hududida Q.Gʻ.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 8 tup kannabis hamda 28 tup “koʻknori” giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati