17 Dekabr 2021 yil 478

Quva tumanida fuqarodan olti bosh qoramolni olib ketib pullarini bermay aldagan shaxs javobgarlikka tortildi

 

Quva tumani. 09 dekabr kuni fuqaro A.X IIBga murojaat qilib, unda 2021 yilning may oyida nomaʼlum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi bo‘lgan olti bosh qoramollarini 53.000.000 so‘mga sotib olishga kelishib pullarni bir hafta muddat ichida berishini aytib olib ketib, bergan vaʼdasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan mollarini qo‘lga kiritganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.X sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech