10 Dekabr 2021 yil 465

Quva tumanida don mahsulotlarini sotib olib pullarini bermagan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

1-dekabr kuni F.Sh. IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning may oyida nomaʼlum shaxslar ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan don mahsulotlarini 272.000.000 soʻmga sotib olishga kelishib, pullarini ikki hafta muddatda berishni aytib, don mahsulotlarini olib ketib, bergan vaʼdasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan don mahsulotlarini qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.X. va M.Z.lar sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech