Quva tumanida bir bosh qoramolni oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi
Quva tumani. 08-oktabr kuni fuqaro A.Q IIBga murojaat qilib, unda 04-oktabr kuni noma’lum shaxs Soyguzar MFY hududida joylashgan fermer xoʻjaligi dala yer maydonida qarovsiz qoldirilgan oʻziga tegishli narxi 5.000.000 soʻmlik bir bosh qoramolini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganligi ma’lum qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.A. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati