2 Mart 2022 yil 830

Quva tumanida bezorilik jinoyatini sodir etib, qidiruvda yurgan shaxs qoʻlga olindi

01-mart kuni Quva tumani IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismida (bezorilik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Q.J.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech