Quva tumanida besh bosh qoramollarni pulini bermay aldagan shaxs javobgarlikka tortildi
Quva tumani. 2021-yilning 12-dekabr kuni X.M IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 06-dekabr kuni noma’lum shaxs Qaqir MFY hududida joylashgan dala maydonida ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan besh bosh qoramolarini 52.000.000 soʻmga sotib olishga kelishib, qoramollarni olib ketib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan qoramollarni boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlariga saflab yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni N.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati