6 Fevral 2023 yil 439

Quva tumanida atirgul koʻchati oʻgʻrilari qoʻlga tushdi

Quva tumani.Fuqaro S.Gʻ IIBga murojaat qilib, unda 15 yanvar kuni nomaʼlum shaxslar Novkent mahalla hududida joylashgan MChJga qarashli omborxonaga gʻayriqonuniy ravishda kirishib, omborxonadagi qogʻoz qutilarga joylangan umumiy narxi 6.755.000 soʻmlik 965 dona hamda umumiy narxi 50.000.000 soʻmlik 2.000 dona atirgul koʻchatlarni yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan X.Gʻ., X.X., va A.U.lar sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech