26 May 2022 yil 647

Quva tumanida 318 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimliklarini yetishtirayotgan shaxs qoʻlga tushdi

Quva tumani.14-may kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Paxtakor MFY hududida yashovchi A.N yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, yashash xonadoni tomorqasida 318 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlangan holda yetishtirib kelayotganligi aniqlanib daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech