Quva tumanida 3 nafar shaxs xonadonga oʻgʻirlikka tushdi
Quva tumani. Qalinpoʻstin mahalla hududida T.Z ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 06 mart kunidan 07 mart kuniga oʻtar kechasi nomaʼlum yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, yashash xonadonida boʻlgan narxi 1.000.000 soʻmlik kir yuvish mashinasi, narxi 200.000 soʻmlik suv flyagasi va narxi 300.000 soʻmlik gaz balonini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.S va M.Sh. va M.A.lar sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati