Quva tumanida 2 nafar ayol o‘g‘irlikka qo‘l urdi
Quva tumani. Qalinpo‘stin MFY.da Sh.A IIBga murojaat qilib, unda 2023 yil 23 iyun kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib 500.000 so‘m pullari, 2.000.000 so‘mlik parfyumeriya mahsulotlari, 1.500.000 so‘mlik kiyim-kechaklarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Quva tumani r IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Sh. O‘ va M.B. ismli ayollar sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, o‘z mol-mulkingiz pul mablag‘laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati