6 Yanvar 2022 yil 411

Quva tumanida ayolning xonadoniga oʻgʻirlikka tushgan shaxs aniqlandi

Quva tumani. 2022-yilning 02-yanvar kuni Soyguzar MFY hududida yashovchi U.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 30-dekabr kunidan 2022-yilning 02-yanvar kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, hovlisida boʻlgan “Tiсo” rusumli avtomashinasini narxi 300.000 soʻmlik akumlyator batareyasi va mehmonxonasida boʻlgan narxi 2.000.000 soʻmlik “Shivaki” rusumli televizorini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech