11 Yanvar 2022 yil 1080

Quva tumani IIBda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Quva tumani IIB shaxsiy tarkibi xodimlari oʻrtasida “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik tanlovi oʻtkazildi. Ushbu “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik tanlovida ikki jamoa “Yangi Oʻzbekiston” jamoasi va “HPB” jamoalari tanishtiruv, zakovat, erkin mavzuda sahna koʻrinishi, kasbiy bilimlar va tezkor savol-javob shartlari boʻyicha oʻzaro bellashdilar.

Ushbu Ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik tanlovida “Yangi Oʻzbekiston” jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Quva tumani IIB boshligʻining 1-darajali diplomi bilan taqdirlandi.

Hakamlar tomonidan koʻrik tanlovda ishtirok etgan ikki jamoadan eng faol ishtirok etgan ishtirokchilar aniqlanib, “Eng faol ishtirokchi” diplomlari bilan taqdirlandilar.

Bundan tashqari, ushbu koʻrik tanlovda ishtirok etgan barcha xodimlar Quva tumani hokimligi tomonidan estalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.


Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech