25 Avgust 2022 yil 505

Quva tumanida taqiqlangan oʻsimliklarni parvarishlagan shaxs fosh boʻldi

Quva tumani.2022-yilning 12-avgust kuni tuman IIB TEQKB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Toshxovuz mahalla hududida yashovchi X.V.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 25 tup “kannabis” giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech