24 Fevral 2020 yil 1189

Qozonni kim olgan...

Margʼilon shahar IIBga 2020 yil 22 fevral kuni, Margʼilon shahar Chevarchilik koʼchasida yashovchi, 37 yoshli Q.T., ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 22 fevral kuni soat 02:30 larda, nomaʼlum shaxs yashash xonadoniga devor oshish yoʼli bilan kirib, xovlisida boʼlgan 1 dona narxi 600 000 soʼmlik choʼyan qozonini oʼgʼrilab ketganligini maʼlum qilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlar davomida ushbu jinoyatni Margʼilon shaharda yashovchi, 40 yoshli N.B., sodir etganligi aniqlanib, undan 1 dona choʼyan qozon ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holat boʼyicha Margʼilon shahar IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan N.B.,ga nisbatan Oʼz.R. JKning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan (uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga gʼayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan boʼlsa) jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech