Qoʻshtepa tumanida yonida giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi
Qoʻshtepa tumani. 2023-yilning 04-iyun kuni tuman IIB JQB, TQKB va HPB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Katta boltakoʻl mahalla hududida yashovchi, Yu.J.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon tomorqasida gashish giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati