Qo'shtepa tumanida xonadonga o'g'irlikka tushgan shaxs qo'lga tushdi
Qo'shtepa tumani. Solijonobod mahalla hududida yashovchi D.J ismli ayol IIBga murojaat qilib, 2023 yilning 21 fevral kuni nomaʻlum shaxs yashash xonadoniga g'ayriqonuniy ravishda kirib, narxi 2.000.000 so'mlik 1 dona telivizorini, 2 ta gilam va akkumulyatorini yashirin ravishda o'g'irlab, hodisa joyidan yashiringanligi maʻlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo'shtepa tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni R.I., M.A va Sh.M sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, o'z mol-mulkingiz, pul mablag'laringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan o'g'irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo'shgan bo'lasiz.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati