10 Noyabr 2021 yil 379

Qoʻshtepa tumanida velosiped oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi.

Qoʻshtepa tumani. 6-noyabr kuni A.S. IIB ga murojaat qilib, unda 2-noyabr kuni noma’lum shaxs,  qarovsiz qoldirilgan narhi 700.000 soʻmlik velosipedni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻshtepa Tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.A. sodir etganligi aniqlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech