14 Fevral 2023 yil 372

Qoʻshtepa tumanida“marixuana” giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi

Qoʻshtepa tumani. 2023 yilning 04 fevral kuni tuman IIB JQB va HPB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Karnaychi mahalla hududida yashovchi P.O.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadonida “marixuana” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech