11 Mart 2022 yil 597

Qoʻshtepa tumanida qalbaki pul ishlab chiqargan ayol aniqlandi

Qoʻshtepa tumani. 14-dekabr kuni fuqaro M.E IIBga murojaat qilib, unda 12-dekabr kuni noma’lum ayol Yangi doʻkon MFY hududida joylashgan dorixonasiga kelib, bir dona 100.000 soʻmlik pul berib turli dorilar olib hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Sud hujjatlarning texnik-kriminalistik ekspertizasining xulosasiga koʻra, M.E taqdim etgan bir dona 100.000 soʻm qiymatidagi pul biletlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarida tayyorlanmaganligi, balki kompyuter texnologiyasi yordamida tayyorlanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.A ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech