7 Fevral 2022 yil 379

Qoʻshtepa tumanida paynet shaxobchasidan “Canon” nomli printer apparatini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga olindi  

 

Qoʻshtepa tumani. 2022-yilning 1-fevral kuni fuqaro K.O IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 31-yanvar kunidan 1-fevral kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs "Shijoatkor" koʻchasida joylashgan paynet shaxobchasiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, shaxobchada boʻlgan narxi 2 200 000 soʻmlik “Canon” nomli printer apparatini oʻgʻirlab ketganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech