Qoʻshtepa tumanida opasinikiga mehmonga kelgan uka velosipedini oʻgʻirlatdi
Qoʻshtepa tumani. 04-sentabr kuni X.O IIBga murojaat qilib, unda 30-avgust kuni noma’lum shaxs Qorajiyda MFY hududida yashovchi opasi U.I. ismli ayolning yashash xonadoniga mehmonga kelib oʻziga tegishli narhi 500.000 soʻmlik velosipedini darvoza xonasiga qoʻyib, ichkariga kirib ketgan vaqtida yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.B sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati