5 Noyabr 2022 yil 382

Qoʻshtepa tumanida “ogʻu” saqlagan shaxs aniqlandi

Qoʻshtepa tumani.2022-yilning 17-oktabr kuni tuman IIB JQB, TEQKG hamda HPB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Langar mahalla hududida yashovchi T.V.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, yashash xonadonida qogʻozga oʻralgan holda va tselofan paketga solingan “marixuanna” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech