Qoʻshtepa tumanida marixuana saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Qoʻshtepa tumani.2023 yil 17 mart kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Qorakaltak mahalla hududida yashovchi S.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, yashash xonadoni yotoqxonada boʻlgan gilam ostidan oq rangli qogʻoz oʻramda, hovlidagi devor orasida oq politilen paketda va tovuq katak ustida karton qutida marixuana giyoxvandlik moddalarini saqlanib kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati