21 Fevral 2023 yil 359

Qoʻshtepa tumanida “marixuana” giyohvandlik moddalarini xonadonida saqlagan shaxs aniqlandi

Qoʻshtepa tumani.15 fevral kuni Fargʻona viloyati IIB TQX JQB va JXX HPB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Doʻrmon mahalla hududida yashovchi T.Oʻ.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, omborxonasida boʻlgan kartoshka solingan yashikning tagidan 1 dona sariq rangli paketda, yotoqxonasidagi shkaftni ichida boʻlgan 1 dona yelim idishni ichidan 2 dona gugurt qutisi, 3 dona qogʻoz oʻramida hamda qurilishi bitkazilmagan uyning tokchasida boʻlgan 1 dona yashikdan 1 dona oq qogʻozda marixuana giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech