Qoʻshtepa tumanida “marixuana” giyohvandlik moddalarini xonadonida saqlagan shaxs aniqlandi
Qoʻshtepa tumani. 2023 yilning 17 mart kuni tuman IIB TQX JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Langar mahalla hududida yashovchi M.Z.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, mehmonxonasidagi pechka ichidan oq rangli paketga oʻralgan “Marixuanna” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati