Qoʻshtepa tumanida ikki ayolning oʻgʻirlikka qoʻl urganligi fosh boʻldi
Qoʻshtepa tumani. 09-oktabr kuni Eshonguzar MFY fuqaro I.X IIBga murojaat qilib, unda 08-oktabr kuni noma’lum shaxs, yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasida boʻlgan 900 AQSH dollarini yashirin ravishda oʻgʻirlab yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni E.N. va M.N. ismli ayollar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati