23 Yanvar 2023 yil 367

Qoʻshtepa tumanida giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi

Qoʻshtepa tumani. 17-yanvar kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Vatan mahalla hududida yashovchi T.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon omborxonasida “marixuana” giyoxvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech