Qoʻshtepa tumanida giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi
Qoʻshtepa tumani.05-dekabr kuni tuman IIB TEKKG va JQB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Yangi doʻkon mahalla hududida yashovchi X.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, yashash xonadoni oldi ochiq аyvon ostida marixuana moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi oʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati