16 Noyabr 2021 yil 390

Qoʻshtepa tumanida gʻisht olib berishni bahona qilib, fuqaroning pullarini qoʻlga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi

Qoʻshtepa tumani. 12-noyabr kuni X.A IIBga murojaat qilib unda 2021-yilning aprel oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, gʻisht olib berishini aytib, 800 AQSH dollarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni O.I sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech