Qoʻshtepa tumanida gashish giyohvandlik moddasi sotgan shaxs qoʻlga tushdi
Qoʻshtepa tumani. 25-aprel kuni Fargʻona viloyati IIB JQB, TVBSO, JTSB kinologiya xizmati hamda tuman IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, M.E Qoraqushchi MFY hududida “gashish” giyohvandlik moddasini 1.200. 000 soʻm pul evaziga sotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan tadbir ishtirokchilari tomonidan qoʻlga olindi. Shundan soʻng M.E tomonidan oʻz ixtiyori bilan taqdim etilgan 20 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi va bir dona kichik elektron tarozi daliliy ashyo sifatida olindi.
Holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati