Qoʻshtepa tumanida fuqarodan 3.600.000 soʻmlik 2 bosh qoramollarni sotib olgan shaxs va’dasida turmadi
Qoʻshtepa tumani. 2021-yilning 12-dekabr kuni fuqaro T.K IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning noyabr oyida Nurafshon MFY hududida joylashgan chorva mollar bozorida ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan ikki bosh qoramolarini 3.600.000 soʻmga sotib olishga kelishib, qoramollarni olib ketib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan qoramollarini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni K.X sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati