Qoʻshtepa tumanida dala shiyponidan elektromotosiklni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Qoʻshtepa tumani. 02-oktabr kuni A.I IIBga murojaat qilib, unda 01-oktabr kuni noma’lum shaxs oʻziga qarashli Kichik beshkapa MFY hududida joylashgan atrofi oʻralgan fermer xoʻjaligi dala shiyponiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, qurilishi tugallanmagan binosida boʻlgan narhi 10.000.000 soʻmlik elektromotosiklni yashirin ravishda oʻgʻirlaganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni U.N sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati