28 Aprel 2023 yil 453

Qoʻshtepa tumanida ijtimoiy tarmoq orqali farzandini kasalligini bahona qilib, 6.660.000 soʻm pullarni aldab qoʻlga kiritgan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻshtepa tumani. Fuqaro N.Q IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 29-oktabr kuni noma’lum shaxs telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali ishonchiga kirib, farzandini davolatish uchun ehson qilishini aytib, tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasi maxfiy kodini qoʻlga kiritib, plastik kartasi hisobida boʻlgan 6.660.000 soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan yechib olganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.J sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech