Qoʻshtepa tumanida 78 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotgan shaxs aniqlandi
Qoʻshtepa tumani. 2023-yilning 31-may kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Oʻqchi mahalla hududida yashovchi Q.F.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda tomorqasida 78 tup koʻknori oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati