Qoʻshtepa tumanida 44 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotgan shaxs aniqlandi
Qoʻshtepa tumani. 2023-yil 03-iyun kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Oʻrta-Oʻqchi mahalla hududida yashovchi Q.S.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 44 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati