Qoʻshtepa tumanida 287 tup koʻknori oʻsimliklarni parvarishlab kelayotgan shaxs aniqlandi
Qoʻshtepa tumani. 2023-yil 03-may kuni Qoʻshtepa tuman IIB JQB va HPB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, Shodlik mahalla hududida yashovchi A.Ani yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqadagi uzum koʻchatlari orasida jami 287 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati