5 Iyun 2023 yil 683

Qoʻshtepa tumanida 247 tup koʻknori oʻsimliklarini parvarishlab kelayotgan ayol qoʻlga tushdi

Qoʻshtepa tumani. 2023-yilning 31-may kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Katta Boltakoʻl mahalla hududida yashovchi A.S ismli ayolning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon tomorqasida 247 tup koʻknori oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech