Qoʻshtepa tumanida “ogʻufurush" qoʻlga tushdi
Qoʻshtepa tumani. 2023-yilning 11-iyul kuni, tuman IIB TQX JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Qoraqushchi mahalla hududida yashovchi, N.L yashash xonadoni oldida "SONY" rusumli televizori evaziga “Gashish” giyohvandlik moddalarini sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati