19 Noyabr 2022 yil 434

Qoʻshtepa tuman IIBda xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash mavzusida yigʻilish oʻtkazildi

Avval xabar qilganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi qarori bilan tasdiqlangan «Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi» talablari hamda IIVning tegishli buyrugʻi ijrosini ta’minlash maqsadida Fargʻona viloyati ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi oʻrtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash mavzusida yigʻilishlar oʻtkazilmoqda.

Qoʻshtepa tuman ichki ishlar boʻlimida ham xuddi shunday yigʻilish tashkil etildi.Unda viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik Akbar Yusupov ishtirok etdi.

Yigʻilishda soha xodimlari oʻrtasida tarbiyaviy-profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish, xizmat samaradorligini oshirish, korrupsiya omillarining oldini olish, «Xodimbay» ishlash tizimini amaliyotga kengroq joriy etish kabi yoʻnalishlarda boʻlim shaxsiy tarkibiga zarur tavsiyalar yetkazildi.

Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalarining oldini olish xususida ham soʻz yuritilib, soha xodimlarini yanada sergaklikka chorlovchi «Nadomat» nomli videofilm namoyish etildi.

Tadbirlar reja asosida joylarda davom etmoqda.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech