27 May 2023 yil
395
Qoʻshtepa tumanida yonida giyohfurush qoʻlga tushdi
Qoʻshtepa tumani. 2023-yilning 23-may kuni tuman IIB TQX JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Qoraqushchi mahalla hududida yashovchi M.R yashash xonadonida 300.000 soʻm evaziga gashish giyohvandlik moddasini sotgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, giyoxvandlik vositasi daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati