14 Sentyabr 2022 yil
386
Qoʻshnisining velosipedini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritib sotib yuborgan shaxs javobgarlikka tortildi
Qoʻqon shahar.2022-yilning 19-iyul kuni Maxram 1-tor koʻchasida yashovchi N.R qoʻshnisi A.J.ning ishonchiga kirib, undan narxi 2.700.000 soʻmlik velosipedini vaqtincha foydalanib soʻng qaytarib berishini aytib olib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan velosipedini boshqa shaxsga sotib yuborib, pulini oʻzining ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati