17 Dekabr 2021 yil 397

Qoʻshni Respublikasida tahsil olayotgan talabalarni oʻqishini Fargʻona davlat universitetiga koʻchirib berishni va’da qilib pullarni qoʻlga kiritgan shaxs fosh boʻldi

Fargʻona shahri. 08-dekabr kuni X.B IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning sentabr oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, jiyanlarini Qirgʻiziston Respublikasidagi oʻqishini Fargʻona davlat universitetiga koʻchirib berishini aytib, 7.000 AQSH dollar pullarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritib pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini ma’lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni D.R sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech