24 Iyun 2022 yil 535

Qorovulxona tomida marixuana saqlagan shaxs qoʻlga tushdi

Bagʻdod tumani. 14-iyun kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, bogʻdorchilik fermer xoʻjaligi dala shiyponida qorovulchilik bilan shugʻullanuvchi K.O. iste’mol qilish uchun qorovulxona tomida 451 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Bagʻdod tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech