12 Dekabr 2022 yil
441
Qoʻqon shahrida talonchi qoʻlga olindi
Qoʻqon shahar.2022-yilning 07-dekabr kuni soat 20:00 larda M.A Charxiy koʻchasida joylashgan savdo doʻkon orqa tomonida harakatlanib ketayotgan Gʻ.D qizni qoʻlida boʻlgan selofan paketga solingan 5.000.000 soʻm pullarini ochiqdan-ochiq talonchilik yoʻli bilan talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati